TOShKENT, 8 avg – Sputnik. Farg‘ona tumanidagi futbol maydonchasida yuz bergan janjal oqibatida bir kishi vafot etdi.
IIV xabariga ko‘ra, 7-avgust kuni 26 yoshli A.G‘. Sado ko‘chasida joylashgan futbol maydonchasida o‘zaro janjalda tanishi 18 yoshli I.U.ning yuziga qo‘llari bilan urgan. I.U. esa zarbadan boshi bilan yerga yiqilib tushgan.
Natijada jabrlanuvchi kasalxonaga keltiriladi. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan kasalxonada vafot etadi.
Hozirda jinoyatchi ushlagan va tergov harakatlari olib borilmoqda.