TOShKENT, 8 avg – Sputnik. Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi.
FVV xabariga ko‘ra, zilzila Toshkent vaqti bilan soat 05:45da qayd etilgan.
Koordinatalar 37,01 gradus shimoliy kenglik, 69,42 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,9. Chuqurlik h=180 km. Toshkentgacha masofa 473 km janubiy yo‘nalish bo‘yicha.
Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:
Toshkent: 473 km; 2 ball
Namangan: 484 km; 2 ball
Andijon: 490 km; 2 ball
Farg‘ona: 428 km; 2 ball
Guliston: 391 km; 2 ball
Jizzax: 372 km; 2 ball
Samarqand: 364 km; 2 ball
Buxoro: 533 km; 2 ball
Termiz: 191 km; 2 ball
Qarshi: 379 km; 2 ball.