Zelenskiy Putinga qo‘ng‘iroq qildi

Zelenskiy Rossiya prezidenti bilan telefon orqali Donbassda to‘rt nafar ukrain harbiylarining halok bo‘lishini muhokama qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 7 avg – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali Donbassda to‘rt nafar ukrain harbiylarining halok bo‘lishini muhokama qilganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi ilk bor suhbatning asosiy mavzusi ma’lum qilindi

Xabarda yozilishicha, Zelenskiy Rossiya yetakchisidan vaziyatga ta’sir ko‘rsatishni iltimos qilgan.

“Men sizdan ular odamlarimizni o‘ldirishni bas qilishlari uchun narigi tarafga ta’sir ko‘rsatishingizni o‘tinib so‘rayman”. – degan u.

Zelenskiyning fikriga ko‘ra, bunga o‘xshash hodisalar tinchlik boshlanishini tezlashtirmaydi.

Xabarda, shuningdek, Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkel bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirayotgani qayd etilgan. Muzokaralarning maqsadi – zudlik bilan “normand formati” doirasida uchrashuv o‘tkazishga kelishib olish.