Toshkentda Qurbon hayiti kuni avtobuslar soat 4:30dan ish boshlaydi

O‘zbekistonda Qurbon hayiti 11-avgust kuni keng nishonlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 7 avg – Sputnik. Toshkentda  11 avgust, Qurbon hayiti kuni avtobuslar soat 4:30dan yo‘nalishlarga chiqariladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar qildi.

Hayit namozi qanday o‘qiladi - video

Qayd etilishicha, bu poytaxt ahliga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Jome masjidlari atrofida “Toshshahartransxizmat” AJ mutasaddi xodimlarining 5:00 dan 8:00 gacha navbatchiligi tashkil etiladi. Jome masjidlari oldidan o‘tuvchi yo‘llarda harakat vaqtincha cheklangan taqdirda avtobuslarni mazkur hududga yaqin, yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lgan yo‘llardan o‘tkazish choralari ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston shaharlarida Hayit namozini ado qilish vaqtlari ma’lum bo‘lgani xabar qilingan edi.