TOShKENT, 7 avg – Sputnik. Toshkent viloyatining Piskent tumanida otasing umriga zomin bo‘lgan o‘g‘il qo‘lga olindi.
IIV xabariga ko‘ra. 5-avgust kuni Piskent tumanida yashovchi 27 yoshli O.A. uyida o‘zaro janjal oqibatida mast holda bo‘lgan 57 yoshli otasi O‘.A.ni tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada O‘.A. voqea joyida vafot etgan. Jinoyatchi ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.