O‘zbekiston harbiylari Zimbabve jamoasi ustidan g‘alaba qozondi

O‘zbekiston "ArMI-2019"dagi tank biatlonida Zimbabve jamoasi ustidan g‘alaba qozondi. Harbiylari tank va granatomet nishonlarini yo‘q qildi.
Sputnik

TOShKENT, 7 avg – Sputnik. O‘zbekiston jamoasi "ArMI-2019"dagi tank biatlonida ikkinchi divizion yettinchi poygada Zimbabve jamoasi ustidan g‘alaba qozondi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

O‘zbekiston jamoasi tank bo‘yicha uchta nishondan bittasini, shuningdek granatomet bo‘linmasini yo‘q qildi. Biroq o‘zbekistonliklar raqibning shartli vertolotini yakson qila olmadi.

O‘zbekiston harbiylari Zimbabve jamoasi ustidan g‘alaba qozondi

O‘zbekiston harbiylari uchta shtraf aylanmasidan o‘tib, Zimbabve jamoasidan 22 daqiqa oldin marraga yetib keldi.  

Xalqaro armiya o‘yinlarining “Tank biatloni” 3-17 avgust kunlari Moskva viloyati Alabino poligonida o‘tkazilmoqda.

Harbiy ekipaj otishma poygasi, suv to‘siqlarini yengib o‘tish va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha kuch sinashadi.