TOShKENT, 7 avg – Sputnik. Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev uyiga spesnaz bostirib kirdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.
Xabarda aytilishicha, Atambayevning maslahatchisi Kunduz Joldubayeva Facebook sahifasida video joylashtirdi.
IIV matbuot xizmati ma’lum qilinishicha, Qo‘y-Tosh qishlog‘iga tezkor tergov guruhi chiqib ketdi.
Videoda maxsus xizmat xodimlari Atambayevning uyi hududiga bostirib kirishi va u yerda otishmani ko‘rish mumkin. Ehtimol, rezina uqlar otilmoqda. Uy oldida vertolot uchmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10 ga yaqin kishi jarohatlandi.
Sobiq prezident qarorgohi oldida 300 ga yaqin tarafdorlar to‘plangan.