O‘zbekistonda Hayit namozining vaqtlari ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda Qurbon hayiti bayrami 11-avgust kuni keng nishonlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 6 avg – Sputnik. O‘zbekiston musulmonlar idorasi 2019-yil 11-avgust, yakshanba kuni Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahri masjidlarida shu yil 11-avgust kuni ertalab soat 05:45 da Qurbon hayiti namozi o‘qiladi. 

Respublikaning boshqa hududlarida esa namoz vaqtlaridagi tafovutni inobatga olgan holda quyidagi vaqtlarda masjidlarda Qurbon hayiti namozi ado etiladi.

O‘zbekistonda Hayit namozining vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Ushbu jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.

Quyidagi havola orqali Hayit namozi qanday o‘qilishi bilan tanishishingiz mumkin.