TOShKENT, 6 avg – Sputnik. V Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida “Forish” tog‘ poligonida start olgan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovining dastlabki – AK-74 avtomati hamda PM pistoletidan 100 va 50 metr masofadagi nishonlarga qarata o‘q otish bo‘yicha “Individual mahorat” shartida ishtirokchi 11 mamlakatning erkak va ayollar jamoalari o‘z merganlik mahoratlarini namoyish etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.
Har ikki otish hududlarida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi mas’ul ofitseri podpolkovnik Mashhur Aglayev boshchiligidagi arbitr va texnik xodimlar shaxsiy tarkibi har bir ishtirokchiga xalqaro tanlov nizomi talablari asosida yo‘riqnomalar berib, otish amaliyotining mayorlarga binoan xavfsiz va adolatli o‘tishini nazorat qilib bordi.
Mazkur shartning yakuniy natijalari asosida hakamlar shaxsiy tarkibining xulosalariga ko‘ra, individual birinchilikda peshqadamlar reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Makarov pistoletidan o‘q otish (erkaklar):
1-o‘rinda Bobojon Elmurodov – O‘zbekiston (183 ball);
2-o‘rinda Kapezov Nurjan – Qozog‘iston (169 ball).
3-o‘rinda Korban Roman – Belarus (141 ball).
Makarov pistoletidan o‘q otish (ayollar):
1-o‘rinda Larisa Xolmatova – O‘zbekiston (145 ball);
2-o‘rinda Akbope Tanatarova – Qozog‘iston (135 ball);
3-o‘rinda Svetlana Cherkashina – Belarus (107 ball).
Kalashnikov avtomatidan o‘q otish (erkaklar):
1-o‘rinda Xokimbek Madaminjonov – O‘zbekiston (191 ball);
2-o‘rinda Beksultan Toktar – Qozog‘iston (187 ball);
3-o‘rinda Shoxrux Ibragimov – O‘zbekiston (186 ball).
Kalashnikov avtomatidan o‘q otish (ayollar):
1-o‘rinda Oydin Ubaydullaxujayeva – O‘zbekiston (185 balla);
2-o‘rinda Xtar Tet – Myanma (182 balla);
3-o‘rinda Saidaxon Abdumuminova – O‘zbekiston (181 ballov).
Harbiy-tibbiyot mutaxassilari o‘rtasida avtomatdan o‘q otish musobaqasi bo‘yija jamoaviy bahslarning yakuni bo‘yicha qo‘yidagilar ma’lum bo‘ldi:
Erkaklar jamoasi:
1-o‘rin – O‘zbekiston (377 ball);
2-o‘rin – Qozog‘iston (363 ball);
3-o‘rin – Rossiya (343 ball).
Ayollar jamoasi o‘rtasida:
1-o‘rin – O‘zbekiston (366 ball);
2-o‘rin – Myanma (340 ball);
3-o‘rin – Qozog‘iston (329 ball).
“ArMI – 2019” o‘yinlari jami 31 ta tanlovdan iborat bo‘lib, ulardan 16 tasi Rossiyada, to‘rttasi Xitoyda, uchtasi Qozog‘istonda, Belarus va Eronda ikkitadan hamda Armaniston, Ozarbayjon, Hindiston, Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonda bittadan tanlovlar o‘tkaziladi.