“Sharq taronalari” festivali ishtiroklari ma’lum qilindi

Samarqanddagi “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga bu yil 33 davlat vakillaridan iborat 29 musiqiy jamoa, jami 146 nafar xonanda va sozandalar ishtirok etadi.
Sputnik

TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Samarqand shahridagi “Sharq taronalari” XII-xalqaro musiqa festivaliga bu yil 33 davlat vakillaridan iborat 29 musiqiy jamoa, jami 146 nafar xonanda va sozandalar ishtirok etadi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qildi.

Bu yil "Sharq taronalari" festivali qanday o‘tadi - hokimlik axboroti

Ishtirokchi davlatlar va musiqiy jamoalar: Sandra Rehder (Argentina), Haftgoh (Afg‘oniston), Henhouse Prowlers (AQSh), Romengo (Vengriya), Vigüela (Ispaniya), Balti (Latviya), Hatan (Mongoliya), Aye Su Kyaw (Myanma), Parviz Gasimov (Ozarbayjon), Luz Katharine (Peru), Akbar Khamisu Khan (Pokiston), Miguel Bandeirinha (Portugaliya), Ayarxaan (Rossiya), Badakhshan (Tojikiston), Archabil (Turkmaniston), Duet (Fiji orollari), Ruut (Estoniya) va boshqalar.

Shuningdek festivalda Ugarit Band (Germaniya, Gretsiya, Suriya), hamda Mundus Trio  (Gollandiya, Iroq, Turkiya) kabi xalqaro jamoalar ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26-30 avgust kunlari Samarqand shahrida “Sharq taronalari” o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi.