Qozog‘iston poytaxtida nechta migrant javobgarlikka tortildi

Nur-Sulton politsiya departamenti migratsiya boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Yerbol Maxmetov Qozog‘iston poytaxtida migratsiya qonunchiligiga rioya etish ahvoli haqida Sputnik Qozog‘istonga ma’lum qildi.
Sputnik

Maxmetovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda bo‘lish muddatini buzish holati bo‘yicha 460 kishi ma’muriy javobgarlikka tortildi. Mahalliy ijro organining ruxsatnomasiz shahar hududida mehnat faoliyatini amalga oshirgan 171 kishiga chora ko‘rildi.  

Migratsiya qonunchiligi asosan yaqin xorij va MDH fuqarolari tomonidan buzilmoqda. Xususan, eng ko‘pi – O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari tashkil qilmoqda. Asosiy kontingent – o‘zbekistonliklar.

Migratsiya xizmati xodimlari har kuni reyd o‘tkazmoqda va qonunbuzarlarni aniqlamoqda. Ayrimlar ma’muriy javorgarlikka tortilsa, boshqalar esa deportatsiya qilinmoqda. Migrantlar  eng ko‘p qurilish obyektlar, bozorlar va do‘konlarda migratsiya qonunchiligiga rioya qilmagan holda mehnat qilmoqda.

Mutaxassisning to‘liq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Qozog‘iston poytaxtida nechta migrant javobgarlikka tortildi