Farg‘onada fuqaro Rossiyada bo‘lgan tanishining uyini sotib yubordi

Klyuchi v rukax. Illyustrativnoe foto
Uy jabrlanuvchiga ota-onasidan meros sifatida qoldirilgan bo‘lgan. Firibgar tanishi Rossiyada bo‘lganidan foydalanib, uyni boshqa bir shaxsga katta miqdordagi pulga sotgan.
Sputnik

TOShKENT, 6 avg – Sputnik. Farg‘onada fuqaro Rossiyada bo‘lgan tanishining uyini sotib yubordi.

Rabota vnevedomstvennoy oxrani GU MVD Rossii
Toshkentda egasi vafot etgan uyni 22 500 dollarga pullagan firibgarlar qo‘lga tushdi

IIV xabariga ko‘ra, 61 yoshli V.T. ota-onasi tomonidan meros sifatida qoldirilgan uyni tanishi sotib yuborganligi to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan.

Surishtiruv natijasida Toshloq tumanida yashovchi 42 yoshli S.Yu. uning Rossiya davlatida bo‘lganidan foydalanib, uyni 13000 dollarga sotib yuborganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va S.Yu. qo‘lga olingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.