TOShKENT, 5 avg - Sputnik. Turkmanistonning Altyn Asyr telekanalida prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ta’tilni qanday maroqli o‘tkazayotgani haqidagi lavha efirga uzatildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Efirga uzatilgan lavhada Berdimuhamedov erta tongdan velosipedda sayr qilayotgani, yilqichilik majmuasida ahaltaka otini choptirayotgani va Ashxobodning Olimpiya shaharchasida kuch tuzilmalari rahbarlari bilan badantarbiya bilan shug‘ullanayotgani va ulardan o‘z maslahatlarini ayamayotganini ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, uning bouling o‘ynayotganini ko‘rish mumkin.
O‘ldiga chiqarilgan Berdimuhamedov telekanal orqali ommaga ko‘rinish berdi – video
Lavhada davlat rahbari turli musiqiy asboblar chalayotgani va yangi musiqiy asari ustida qizg‘in ish olib borayotgani ham o‘z aksini topgan. Shuningdek, u turkman alabay zotidagi itlar haqidagi kitobini nihoyasiga yetkazgani aytib o‘tilgan.
Lavha so‘ngida Turkmaniston yetakchisi avtomobilda Turkmanistonning diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘lgan Qoraqumdagi gaz krateriga borgani tasvirlangan. Mamlakatda ushbu gaz krateri rasman “Qoraqum yog‘dusi” deb ataladi, xorijda esa “Jahannam darvozasi” sifatida mashhur.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston prezidenti 15-iyuldan 15-avgustgacha ta’tilga chiqqanligi sababli uzoq muddat omma oldida ko‘rinish bermadi va bu OAVlarda Gurbanguli Berdimuhamedovning vafot etgani haqidagi mish-mishlar bolalashiga sabab bo‘ldi. Keyinchalik vafot etgani haqidagi xabarlar rasman rad etildi. Berdimuhamedov 24-iyul kuni Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qilib, tavallud ayyomi bilan samimiy tabrikladi va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga ravnaq va farovonlik tiladi.