Toshkentda Mazda 3 avtomobilini o‘g‘irlagan shaxslar qidirilmoqda – foto

Avtomobil o‘g‘irlangan hududda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari o‘g‘irlikka aloqadorligi bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarning yuzlarini tasvirga olgan.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg - Sputnik. Toshkent shahar IIBB Yunusobod tumanida Mazda 3 avtomobilini o‘g‘irlashga aloqadorligi bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarni qidirmoqda.

IIBB xabariga ko‘ra, 3-avgust kunidan 4-avgustga o‘tar tunda soat 3.05 da Mazda 3 rusumli oq rangli avtomobil (tugmali o‘t-oldirgichli) o‘g‘irlanganligi haqidagi xabar kelib tushgan.

Ma’lum qilinishicha, mashina shaharning boshqa chetida topilib, egasiga qaytarib berilgan.

Avtomobil o‘g‘irlangan hududda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari o‘g‘irlikka aloqadorligi bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarning yuzlarini tasvirga olgan.

Toshkentda Mazda 3 avtomobilini o‘g‘irlagan shaxslar qidirilmoqda – foto

“Shaxslarni yuzlaridan taniganlar 102, 71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 99-889-78-58 raqamlari orqali xabar berishlarini so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Captiva avtomashinasida chiqib ketgan yigit qidirilayotgani xabar qilingan edi.