Sergeli tumanida “Neksiya-2” va “Lasetti” avtomobillari to‘qnashdi

To‘qnashuvdan so‘ng “Lasetti” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib daraxtga urilgan.
Sputnik

TOShKENT, 05 avg – Sputnik. Toshkentning Sergeli tumanida “Neksiya-2” va “Lasetti”  rusumli avtomobillar to‘qnashdi.

IIV Buxoroda ag‘darilib ketgan avtobus bo‘yicha rasmiy axborot berdi

IIBB matbuot xizmatning xabar qilishicha, 4-avgust kuni taxminan soat 21.30 da Sergeli tumani Lutfkor ko‘chasida “Neksiya-2” haydovchisi 21 yoshli E.J. 45 yoshli A.A. boshqarib borayotgan “Lasetti” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. To‘qnashuvdan so‘ng “Lasetti” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib daraxtga urilgan.

YTH natijasida ikkala haydovchi ham tan jarohati olgan va tibbiy yordam so‘rab murojaat qilishgan.

Hozirda YTH sababi aniqlanmoqda.