Krasnoyarsk o‘lkasidagi harbiy qismda portlash sodir bo‘ldi – aholi evakuatsiya qilinmoqda

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasidagi harbiy qismda portlash sodir bo‘ldi. 20 kilometr yaqindagi aholi evakuatsiya qilinmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Krasnoyarsk o‘lkasining Achinsk tumanidagi harbiy qismda yong‘in va portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Mintaqadagi favqulodda xizmat vakillarning ma’lum qilishicha, 20 kilometr yaqindagi aholi evakuatsiya qilinmoqda.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, yong‘in va portlash harbiy qismdagi artilleriya omborxonasida sodir bo‘lgan.

Achinsk hukumati aholiga portlash sadolari eshitilayotgan harbiy qismga tomonga bormaslikni tavsiya qilishdi. Shuningdek, aholidan vahima qilmaslik so‘ralgan.

Hozirda voqea joyiga tezkor guruh yo‘lga chiqqan.