O‘zbekistonda Qurbon hayiti sanasi ma’lum qilindi

Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston prezidenti qarori qabul qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 4 avg - Sputnik. Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston prezidenti qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining murojaati inobatga olinib, mamlakatda 2019-yil 11-avgust Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilandi.

Hokimliklarga “Nuroniy” jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Qurbon hayitining joylarda yuqori saviyada, xalqning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirish yuklandi.