Hukumat qarori bilan “tonirovka” uchun yangi narxlar belgilandi

“Tonirovka” bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi va yangi narxlar belgilandi.
Sputnik

TOShKENT, 4 avg - Sputnik. “Tonirovka” uchun yangi narxlar belgilandi.

“Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “tonirovka” narxlari orqa oyna (lobovoy) uchun tekin, orqa yon oyna uchun esa quyidagicha narxlar belgilanadi:

  • jismoniy va yuridik shaxslarga – BHMning (bazaviy hisoblash miqdori) 10 baravari (2 mln 230 ming so‘m);
  • xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga  – BHMning 20 baravari (4 mln 460 ming so‘m).

Ilgari bu miqdor tegishlicha jismoniy shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 90 baravari, yuridik shaxslar uchun 120 baravari, xorijiy yuridik shaxslari uchun 140 baravarini tashkil etgan.

Old va orqa yon oynalar uchun (barcha yon oynalar):

  • jismoniy va yuridik shaxslarga – BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming so‘m);
  • xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga – BHMning 80 baravari (17 mln 840 ming so‘m).

Ichki ishlar organlari tonirovkaga ruxsat berilganligi to‘g‘risida maxsus emblema (gologramma) beradi va haydovchilar ushbu gologrammani old oynalarga yopishtirib yurishlari lozim.

Deputatlar avtomobilni jazirama issiqdan himoya qilishning yangi usulini taklif qilishdi