Deputat Kalonov O‘zLiDeP partiyasini bir jinsli nikohlarni propaganda qilayotganlikda aybladi

Deputat Kalonovning so‘zlari Internet tarmog‘ida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan
Sputnik

TOShKENT, 3 avg - Sputnik. O‘zbekistonlik deputat O‘zLiDeP partiyasini bir jinsli nikohlarni propaganda qilayotganlikda aybladi.

Ma’lum bo‘lishicha, kecha ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida "Munosabat" ko‘rsatuvi fragmenti tarqalgan bo‘lib, unda O‘zbekiston XDP va O‘zLiDeP partiyalari vakillari haqiqiy debat uyushtirishgan.

Kalonovning so‘zlari butun Internet tarmog‘i bo‘ylab tarqalgan va qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan.

Bugun XDP deputat so‘zlari uchun rasman uzr so‘ragan.

Partiya Kalonov partiya pozitsiyasini emas, o‘z shaxsiy fikrini bildirganini qayd etib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi oxirida Toshkentda ikki nafar gey ushlangan edi. Erkaklar Chilonzor tumanining 3-kvartalidagi xonadonlardan birida hibsga olingan. Qo‘lga olinganlarga qarshi 120 modda (Besoqolbozlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.