Mirziyoyev Belarusning yetakchi innovatsion kompaniyalarini O‘zbekistonga chaqirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarusdagi yuqori texnologiyalar parki rezidentlari imkoniyatlarini O‘zbekistonda taqdim etish taklifini ilgari surdi
Sputnik

TOShKENT, 2 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Bosh vaziri Sergey Rumas hamrohligida "Belarus" yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot-xizmati.

Minskda O‘zbekiston-Belarus hududlari forumi ish boshlaydi

Ushbu park 2005-yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga qulay muhit yaratish, shu orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida tashkil etilgan. 2014-yilda unga qator imtiyozlar berilib, faoliyat yo‘nalishlari kengaytirilgan.  

Bugungi kunda "Belarus" YuTP dasturlash, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun innovatsion yechimlar, konsalting va boshqa yo‘nalishlarda yetakchi markazlardan biriga aylangan. Bu yerda ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarning 90 foizdan ziyodi eksport qilinmoqda, 67 mamlakat kompaniyalari ularning buyurtmachilari hisoblanadi. 

O‘zbekiston rahbariga yuqori texnologiyalar parkida bank-moliya, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va boshqa sohalar uchun yaratilgan innovatsion yechim va ishlanmalar haqida ma’lumot berildi.

Mirziyoyev mazkur texnopark rezidentlari imkoniyatlarining O‘zbekistonda taqdimotini tashkil etish taklifini ilgari surdi. Texnologik hamkorlikni mustahkamlash, kadrlar tayyorlash va tajriba almashish bo‘yicha aloqalarni kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shu bilan O‘zbekiston prezidentining Belarusga rasmiy tashrifi nihoyasiga yetdi. DMirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi.