Internet foydalanuvchilarini Trampning sochlarida o‘rmalayotgan qo‘ng‘iz xursand qilib yubordi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu holatga mos hazillarni o‘ylab topa boshlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 2 avg – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Trampning Virjiniya shtatida chiqishi vaqtida prezident yuzi va sochlarida o‘rmalayotgan qo‘ng‘iz kadrlarga tushib qoldi. Video Sky News tomonidan e’lon qilingan.

Dunyo siyosatchilarining Tramp bilan “qo‘l janglari”

Bu kulgili voqea rolikni tomosha qilgan internet foydalanuvchilarini xushnud etdi. Ayrim foydalanuvchilar Tramp shu qo‘ng‘iz yordamida "proslushka" qilingani haqida taxmin bildirdilar. Yana kimdir prezident nega yuzida o‘rmalayotgan qo‘ng‘izni his etmaganiga lol qoldi. "U hislardan mosuvo bo‘lgan shekilli", degan to‘xtamga keldi internet foydalanuvchilari.

Ijtimoiy tarmoqdagilarning ayrimlari holatga mos hazillarni o‘ylab topa boshlashdi.

"Qo‘ng‘iz: Va nihoyat! Men uddaladim! Men Moskvadan uyga qaytdim, azizim!", - deb yozgan D.K.R. Boyd.

"Qo‘ng‘iz Trampga u aytishi lozim bo‘lgan gaplarni pichirlab turibdi", - degan itsjustmehere nikli foydalanuvchi.

​Helena esa "Qo‘ng‘iz Trampning ichida yashaydi aslida, u shunchaki havo olish uchun tashqariga chiqqan", deya hazil qilgan.