Buxoroda budjet idora xodimlari majburiy mehnatga jalb qilingani bo‘yicha tekshiruv boshlandi

Buxoroda budjet tashkilotlari xodimlari Hazrati Imom qabristonidagi obodonlashtirish, qurilish va ta’mirlash ishlariga jalb etilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Sputnik

TOShKENT, 2 avg – Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Buxoro shahridagi budjet tashkilotlari xodimlarining majburiy mehnatga jalb qilingani to‘g‘risidagi xabarlar bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshladi, deb xabar qildi ushbu vazirlik matbuot xizmati.

Buxoroda budjet idora xodimlari majburiy mehnatga jalb qilingani bo‘yicha tekshiruv boshlandi

Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda budjet tashkilotlari xodimlari Hazrati Imom qabristonidagi obodonlashtirish, qurilish va ta’mirlash ishlariga jalb etilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Troll.Uz loyihasi blogeri ma’lumotlariga ko‘ra, maktab, bog‘cha va shifoxona ishchilari, askarlar bir oydan ortiq vaqt mobaynida ushbu ishlarga jalb qilinmoqda. Bu mehnat uchun hech qandan pul to‘lanmayapti.

Buxoroda budjet idora xodimlari majburiy mehnatga jalb qilingani bo‘yicha tekshiruv boshlandi

Eslatib o‘tamiz, undan oldin O‘zbekiston Mehnat vazirligi Farg‘ona viloyati Rishton tumanida o‘tkazilgan ommaviy hasharni noqonuniy deb topgandi.

Mehnat vazirligi tomonidan hasharda ishtirok etgan “Azot” AJ, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi”, “Farg‘ona Issiqlik energo markazi” MChJ korxonalarda majburiy mehnatga jalb qilish holatlarini o‘rganish uchun 3 ta guruh komissiya tuzildi.