TOShKENT, 1 avg – Sputnik. “Tank biatloni”da ishtirok etayotgan O‘zbekiston jamoasi o‘ziga birinktirilgan T-72 B-3 tanklarni sinovdan o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.
Moskva viloyatida joylashgan “Alabino” dala-o‘quv maydoni bugun tanklarning nishon tomon otilgan snarad o‘qlari ovoziga to‘ldi. Hamurtlarimiz o‘zlariga biriktirilgan jangovar texnikalarning “tili”ni topish, ularni meyoriy holatga keltirish va nishonlarni yo‘q qilish borasida o‘zlarining mahoratlarini ko‘rsatishdi, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston jamoasi “Tank biatloni”ning ikkinchi guruhidan joy olgan bo‘lib, jami 12 jamoaga qarshi kurashadi. O‘zbekistonlik tankchilar ishtirokidagi bahslar 4-, 6-, va 8-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimi 3-avgust kuniga belgilangan.