Noqonuniy shar’iy nikoh o‘qigan mulla jarimaga tortildi

Bulung‘urda kaltaklangan 10 kunlik kelinga noqonuniy nikoh o‘qigan mulla jarimaga tortildi.   
Sputnik

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Bir oy oldin Bulung‘ur  tumanida o‘lasi qilib kaltaklan 10 kunlik yosh kelinchak hikoyasi  butun O‘zbekistonni larzaga solgan edi.

Kecha ushbu kelinni do‘pposlagan erkakka 3-yilu 8 oy qamoq jazosi berilgani xabar qilinan edi. Bugun ushbu holat yuzasidan yana bir kishi jazolandi.

“Z.Umarovaning shar’iy nikohini o‘qigan mulla R.Badalov ekanligi aniqlanib, R.Badalov Z.Umarovaning otasining o‘rtog‘i ekanligi ma’lum bo‘ldi. Sud tartibida o‘rganilib chiqilib, 2019-yil 16-iyul kuni tuman ma’muriy sudi tomonidan eng kam ish haqining 2 baravarida 405 000 (to‘rt yuzi besh ming) so‘m jarima undirilgan”, - deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ma’lumot uchun - O‘zbekistonda FXDOdan olingan guvohnomasiz, shar’iy nikoh o‘qish ta’qiqlangan. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu voqeadan so‘ng Samarqand viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasining tashabbusi bilan muntazam ravishda alkogol ichimliklarni iste’mol qiluvchi oilali erkaklak maxsus ro‘yxatgan olingan edi.