Mirziyoyev va Lukashenko o‘zaro sovg‘a almashdi

Norasmiy uchrashuv Mirziyoyev Lukashenkoga o‘tgan yili O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida sovg‘a qilgan o‘yma naqshli shiyponchada o‘tkazildi.
Sputnik

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev va  Aleksandr Lukashenko norasmiy uchrashuvni uning “Zaslavl” davlat qarorgohida o‘tkazildi, deb xabar qildi Belarus prezidenti matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, davlat rahbarlari qarorgoh hududini sayr qildi, so‘ng sovg‘alar almashdi.

Mirziyoyev va Lukashenko o‘zaro sovg‘a almashdi

Lukashenko o‘zbekistonlik hamkasbiga “Belarus” pannosi va milliy ko‘ylak, uning kichik o‘g‘li Nikolay esa zubr haykalchasini taqdim etdi.

Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidentiga xokkeychi haykalchasini sovg‘a qildi.

Prezidentlar norasmiy sharoitda suhbat qurdi. Buning uchun joy sifatida Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoga o‘tgan yili O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida sovg‘a qilgan o‘yma naqshli shiyponcha tanlandi.