Koreyada vatandoshini o‘ldirgan o‘zbekistonlik ushlandi

Kongbuk provinsiyasida yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi R.T. jarohat olib, vafot etdi.
Sputnik

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. 2019-yil 1-avgustga o‘tar kechasi Kongbuk provinsiyasida (Koreya Respublikasi) yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi R.T. jarohat olib, vafot etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Koreya aeroportidagi hojatxona orqali qochishga uringan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Ushbu jinoyatni sodir qilishda gumonlanib O‘zbekiston fuqarosi S.S. qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

“Elchixona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining vakillari bilan hamkorlikda marhumning jasadini vatanga yuborish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda”, - deyilgan xabarda.