Avtotest yuridik shaxslar haydovchilarini o‘qitishdan voz kechdi

Bundan buyon kompaniya faqat haydovchilarni tayyorlash uchun metodika va qo‘llanmalar yaratish bilan shug‘ullanadi.
Sputnik

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Avtotest yuridik shaxslar haydovchilarini qayta tayyorlashni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqida kompaniya o‘z rasmiy saytida xabar qilmoqda. 

“Avtotest” kompaniyasi yuridik shaxslar haydovchilarini o‘qitish faoliyatini to‘xtatadi. Ro‘yxatga olish jarayoni va barcha mavjud shartnomaviy majburiyatlarni amalga oshirish uchun bir oz vaqt kerak bo‘ladi. Biz tahqirlardan charchadik, - deyilgan xabarda.

Bu bilan kompaniya o‘zining asosiy masadi pul emasligini va uning qadriyatlari boshqa ekanligini namoyish qilmoqchi ekani ham aytib o‘tilgan xabarda.

Bundan buyon kompaniya faqat haydovchilarni tayyorlash uchun metodika va qo‘llanmalar yaratish bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, Avtotest kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda so‘nggi vaqtlarda ko‘plab tanqidlarga dun kelagn edi. Kompaniyani yuridik shaxlar haydovchilarini qayta tayyorlash huquqiga ega bo‘lgani uchun – uni monopolist deb atashgan, va bugun ertalab Monopoliya qo‘mitasi ham tuni tan olgan edi.