Aripov Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashadi

O‘zbekiston bosh vaziri Qirg‘iziston Respublikasiga tashrif buyurdi.
Sputnik

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston Respublikasiga amaliy tashrif bilan keldi, deya xabar qildi Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati.

“Manas” xalqaro aeroportida Aripovni Qirg‘iziston bosh vazirining o‘rinbosari Jenish Razakov kutib oldi.

O‘zbekiston bosh vazirining amaliy tashrifi doirasida Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkali Abilg‘oziyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Abdulla Aripovni Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov qabul qiladi.