Jizzaxdagi to‘yda ommaviy mushtlashuv yuz berdi - video

Mushtlashuv oqibatida bir necha kishi jarohatlangan, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Sputnik

TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqda to‘yda ommaviy mushtlashuv tasvirga olingan video tarqaldi.

Videoda bir necha yosh yigitlar mushtlashuv uyushtirganini ko‘rish mumkin.

Mushtlashuv oqibatida bir necha kishi jarohatlangan, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

To‘yda ishtirok etgan guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu holat Jizzaxda o‘tkazilgan to‘yda kuzatilgan.

Keyinchalik, ayrim foydalanuvchilar bu rolik Kaspiyskdagi to‘y degan yozuvli videoni topishdi.