Shavkat Mirziyoyev Minsk shahriga keldi

Shavkat Mirziyoyevni Belarus bosh vaziri Sergey Rumas va Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey kutib oldi.
Sputnik

TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev samolyoti Minsk milliy aeroportida qo‘ndi.

Belarus O‘zbekistonga nima taklif qilishi mumkin

Samolyot trapi oldida Shavkat Mirziyoyevni Belarus bosh vaziri Sergey Rumas va Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey kutib oldi.

Ikki davlat prezidentlarining rasmiy muzokaralari Mustaqillik saroyida o‘tkaziladi. Davlat yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qiladi, bunda iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashga alohida e’tibor berilishi kutilmoqda.

Shuningdek, prezidentlar O‘zbekiston milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi va yuqori texnologiyalar parkiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Tashrif yakunida Belarus va O‘zbekiston o‘rtasida turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hujjatlar to‘plami imzolanadi.