Britaniya qirolichasining Moskva markazida 4ta kvartirasi borligi aniqlandi  

Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Moskva markazida 4ta kvartiraning egasi sifatida qayd etilgan.
Sputnik

TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Moskvaning qoq markazida Britaniya qirolichasi Yelizaveta Iiga tegishli 4ta kvartira borligi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Vesti.ru nashri.

Rossiyada ko‘chmas mulk obyektlarini ro‘yxatga oluvchi tashkilot – "Rosreyestr" ma’lumotlarida qayd etilishiga ko‘ra, Moskva markazidagi Perviy Obidenskiy tor ko‘chasida joylashgan uylardan birida umumiy maydoni 800 m2 bo‘lgan 4ta xonadon – Britaniya qirolichasi Yelizavet II nomida qayd etilgan ekan.

"Rosreyestr" ma’lumotida ushbu xonadonlar “Kanada hukmdor qirolichasi a’lo hazratlari” nomida ro‘yxatga olingan. 

“Kanada Britaniya hamdo‘stligi tarkibiga kiruvchi monarxiya mamlakati. Shuning uchun ular Britaniya qirolichasining ana shu nomidan foydalanadi, - deb vaziyatga izoh berdi siyosatchi Andrey Koshkin.

Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II Muhammad payg‘ambarning avlodi - OAV

Ushbu ma’lumotni Kanada elchixonasi xodimlari ham tasdiqlashgan. - Qirolicha davlat rahbari, shuning uchun ushbu xonadonlar unga tegishli bo‘lishi mumkin. U yerda hozir diplomatlar yashaydi, dedi jurnalistlarga Moskvadagi Kanada elchixonasi vakili.

Aytish joizki, ushbu hudud Moskvaning eng qimmat hududi – “oltin milya” ichiga kiradi. Bu yerda  joylashgan kvartiralar narxi 1m2 uchun 1 milliondan 2 million dollargacha yetishi mumkin. Ushbu ko‘chmas mulkni ijaraga berish ham juda qimmat turadi.

Britaniya qirolichasi Moskvaga davlat tashrifi bilan 1994-yilda kelgan ekan. Diplomatik tamoyillarga muvofiq har bir davlat rahbari ikkinchi davlatga bir marotaba davlat tashrifi bilan kelishi mumkin. Demak qirolicha Moskvaga endi faqat oddiy tashrif yoki sayyoh sifatida kelishi mumkin. 

Britaniya qirolichasining Moskva markazida 4ta kvartirasi borligi aniqlandi