Boeing 787 DreamLiner sotilmaydi - O‘zbekiston havo yo‘llari

Milliy aviakompaniya faqat foydalanish muddati 15-yildan ortiq bo‘lgan samolyotlarni savdoga chiqargan.
Sputnik

TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Havo yo‘llari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Boeing 787 DreamLiner samolyotlari sotilishi haqidagi xabarlarni inkor qildi, O‘zA xabariga asosan.   

“Xabarda aytilishiga ko‘ra, Boeing 787 DreamLiner samolyotlarini sotish joriy rejaga kirmagan. Milliy aviakompaniya faqat foydalanish muddati 15-yildan ko‘p bo‘lgan samolyotlarni savdoga chiqargan”, - deyilgan xabarda.

Xususan, Il-76TD (5 dona) (chiqqan yili 1982-1992); Il-114-100 (7 dona) (chiqqan yili 1999-2013) va kompleks trenajor KTS Il-114; Boeing - 757-200 (2 dona) (chiqqan yili 1999); Boeing - 767-3CBER (2 dona) (chiqqan yili 2003- 2004); Boeing - 767 VSF (2 dona) (chiqqan yili 1996) sotuvga qo‘yilgan.

Ikkinchidan, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan samolyot narxlari ham haqiqatga yaqin emas. “O‘zbekiston havo yullari” MAK ekspluatatsiyasidagi Boeing 787 samolyotlarining narxi ancha past bo‘lib, 115 million AQSh dollaridan boshlanadi.

Shunigdek, kompaniya kredit evaziga sotib olingan samolyotlar uchun to‘lovlar to‘la-to‘kis o‘z vaqtida amalga oshirib borilayotganini ham aytib o‘tgan.