Toshkentda qizini avtomobil oynasiga mindirib, sayr qildirgan ona jazolandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Spark rusumli avtomobil yo‘lovchisi oynada o‘tirgan holda ketayotgani aks etgan video tarqaldi.
Sputnik

TOShKENT, 30-iyul – Sputnik. Toshkentda qizini avtomobil oynasiga mindirib, sayr qildirgan onaga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, haydovchi va yo‘lovchining shaxslari aniqlandi. Avtomobilni 44 yoshli Nafisa B. boshqargan, oynada esa uning 9 yoshli qizi o‘tirgan.

Toshkentda qizini avtomobil oynasiga mindirib, sayr qildirgan ona jazolandi

Qoidabuzarga nisbatan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzildi va EKIHning bir baravari miqdorida jarima belgilandi.

Mashina kapotida do‘stini “sayr qildirgan” qizga chora ko‘rildi - video