NATO samolyotlari Rossiya sarhadlarida razvedka o‘tkazdi

Havo kemasi amerika bazasidan uchib, Rossiyaning g‘arbiy qismi tomon yo‘nalish olgan. Moskva vaqti bilan 10:55 da samolyotni Kaliningrad chegarasi yaqinida payqashgan
Sputnik

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Amerika HHK Boeing RC-135V Rivet Joint radioelektron razvedka samoleti Kaliningrad viloyati chegarasi yaqinida razvedka ishlarini amalga oshirdi, deb xabar berdi PlaneRadar monitoring resursi.

Rossiyaning Su-27 qiruvchisi AQSh razvedka samolyotini to‘xtatib qoldi

Havo kemasi amerika bazasidan uchib, Rossiyaning g‘arbiy qismi tomon yo‘nalish olgan. Moskva vaqti bilan 10:55 da samolyotni Kaliningrad chegarasi yaqinida payqashgan. Oradan uch soat o‘tib, Boeing ortiga qaytgan.

Kaliningrad viloyatiga shved razvedkachi-samolyoti ham juda yaqin kelgan. PlaneRadar ma’lumotlariga ko‘ra, havo kemasi Boltiq dengizi akvatoriyasida razvedkani amalga oshirayotib, Rossiya chegarasi yaqinidan uchib o‘tgan.

So‘nggi vaqtlarda chet el uchuvchisiz uchish qurilmalari va razvedkachi-samolyotlari Rossiya chegarasida tez-tez paydo bo‘la boshladilar. Ularni Qora dengiz, Kaliningrad viloyati yaqini, shuningdek, Suriyadagi Rossiya bazalari yaqinida payqashmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi chaqiriqlariga qaramay, Vashington Rossiya sarhadlarida razvedkaga oid operatsiyalarni to‘xtatishdan bosh tortmoqda.