Cho‘kib ketgan qirg‘iz chegarachining jasadi O‘zbekistonda topildi

Kuchli suv oqimi chegarachini 11 km masofaga O‘zbekiston hududiga olib ketdi.
Sputnik

TOShKENT, 30-iyul – Sputnik. Cho‘kib ketgan qirg‘iz chegarachining jasadi O‘zbekiston hududida topildi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Cho‘kib ketgan qirg‘izistonlik ayolning jasadi O‘zbekistonda topildi

Qidiruv ishlari 10 kundan ortiq olib borildi. 19-iyul kuni harbiy xizmatchi Chotqoldagi Oq-buloq darosiga tushib ketdi.

Qirg‘iziston chegara xizmati o‘zbekistonlik hamkasblaridan yordam so‘radi. Chunki bu daryo O‘zbekiston tomon boradi. Shu bilan birga qidiruv ishlari Qirg‘iziston hududida ham olib borildi.

Quchli suv oqimi chegarachining jasadini 11 km masofaga olib ketdi. O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari jasadni topishdi. Bugun jasad Qirg‘izistonga olib borildi.