Rafiqasini go‘zallik salonida pichoqlagan fuqaro qo‘lga olindi

Fuqaro oilaviy janjal oqibatida 26 yoshli rafiqasini go‘zallik salonida pichoqladi.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. Sirdaryoda rafiqasini go‘zallik salonida pichoqlagan fuqaro qo‘lga olindi.

Yana bir o‘zbekistonlik ayol rashkchi eri tomonidan do‘pposlanib, shifoxonaga tushdi

IIV xabariga ko‘ra, Yangiyer shahrida yashovchi 30 yoshli fuqaro oilaviy janjal oqibatida 26 yoshli rafiqasi L.Z.ga “Shedevr” go‘zallik salonida pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Natijada jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, jinoyatchi esa qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.