O‘zbekistonga kelgan xorijlik harbiylar Samarqandni ziyorat qildi

“ArMI—2019”da ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan xorijlik harbiylar Samarqandni ziyorat qildi.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. 28-iyul kuni Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Mudofaa vazirligining “Forish” tog‘ poligoniga kelgan xorijlik harbiy delegatsiya vakillari Samarqand shahrini ziyorat qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Angola, Zimbabve, Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Myanma hamda Vyetnamdan kelgan mehmonlar dastlab Registon ansamblidan o‘rin olgan me’moriy majmualar bilan tanishdi. Shundan so‘ng ular Shohi Zinda majmuasi hamda Bibixonim madrasasini ziyorat qildilar.

O‘zbekistonga kelgan xorijlik harbiylar Samarqandni ziyorat qildi

Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va Go‘ri Amir maqbaralarida bo‘lgan mehmonlar hayratda qoldi.

Sayohat yakunida tanovul qilingan samarqandcha palov mazasi mehmonlarda unutilmas tassurot qoldirdi.