TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. “Yer uchastkalari egalarini mikro ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.
Unga ko‘ra, 2020-yil 1-iyundan 30-iyungacha respublikaning har bir tumani va shahrida mavjud dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari sonining 10 foizini qamrab olgan holda, yer uchastkalari egalarining qishloq xo‘jaligi faoliyati bo‘yicha mikro ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.
Hujjat bilan yer uchastkalari egalarini mikro ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash rejalashtirilgan.
Qaror loyihasida 2019-yil 1-noyabrgacha Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tasodifiy keng qamrovli tanlov asosida shakllantirilgan mikro ro‘yxatga olish o‘tkaziladigan mahalla fuqarolar yig‘inlari ro‘yxatini tasdiqlash;
2020 yil 20-dekabrgacha mikro ro‘yxatga olish natijalarini tahlil qilish va dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi faoliyatiga oid statistika ma’lumotlariga kiritiladigan tegishli o‘zgartirishlar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etish vazifalari bayon etilgan.