Qilichboz Paola Pliyego O‘zbekiston bo‘ylab sayohatni boshladi

Qilichboz Paola Pliyego o‘z sahifasida Buxoro taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan meksikalik qilichboz Paola Pliyego Buxoroga keldi.

Sportchi Instagramdagi sahifasida Buxoro taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Qilichboz Paola Pliyego O‘zbekiston bo‘ylab sayohatni boshladi

Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi safiga qo‘shilgan Paola Pliyego jahon chempionatidan keyin O‘zbekiston bo‘ylab sayohatni boshlab yubordi.

Eslatib o‘tamiz, Paola Pliyego Vengriyaning Budapesht shahrida 15-23 iyul kunlari qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatida ilk bor O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgandi. Biroq Paola Pliyego meksikalik Natalii Botelloga 14:15 hisobda yutqazgandi.