Kasbi tumani IIB boshlig‘i ishdan bo‘shatildi

Kasbi tumani IIB boshlig‘ining fermerlarga nisbatan harakati yuzasidan tarqatilgan video va matnli materiallar bo‘yicha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Bu haqda IIV xabar qildi.

Kasbi tumani IIB boshlig‘ining qiliqlari yuzasidan xizmat tekshiruvi boshlandi

Xabarda qayd etilishicha, xizmat tekshiruvi yakuniga ko‘ra Kasbi tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Ch. Ko‘charov  egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Bundan ilgari O‘zbekiston IIV Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani IIB boshlig‘ining fermerlarga nisbatan harakati yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borayotgani haqida xabar qilgan edik.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Ko‘charov dala seminarida 11 kishiga kishan taqqani, seminarda qatnashmagan fermerga xodim yuborib, tanobini tortmoqchi bo‘lgani haqidagi xabar tarqalgandi.