Kaliforniyadagi festivalda otishma sodir bo‘ldi – video

O‘rta yoshdagi erkak festival ishtirokchilariga qarata o‘q ochgan. Otishma oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. AQShning Kaliforniya shtatida o‘tkazilayotgan Gilroy Garlic taom festivalida otishma ro‘y berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, o‘rta yoshdagi erkak festival ishtirokchilariga qarata o‘q ochgan.

​Otishma oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘lgani, 60 kishi jabrlangani, ulardan 15 tasi esa yaralangani xabar qilinmoqda.

Kaliforniya politsiyasi xabariga ko‘ra, jinoyatchi yo‘q qilingan. Shuningdek, uning sheriklari bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma’lumot o‘rganilmoqda.