TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. Davlat xizmatlari agentligi gerbli guvohnomalarni to‘ldirilishga oid savollarga oydinlik kiritdi.
DXA xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi gerbli guvohnomalar blankalarini qo‘lda to‘ldirish bo‘yicha talablar bekor qilingan.
Ularni kompyuterda faqat bosma harflar bilan to‘ldirish tartibi 2019-yil 1-yanvardan joriy etilgan.
DXA gerbli guvohnomalarni to‘ldirishga oid savollarga oydinlik kiritdi