DTM test sinovlarini o‘tkazishga tayyor

DTM kirish imtihonlarini o‘tkazish uchun barcha kerakli tadbirlarni amalga oshirganini xabar qildi.
Sputnik

TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. Xalqaro press-klubda test sinovlariga tayyorgarlikning oxirgi bosqichiga bag‘ishlangan  matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

DTM direktori Karimov Madjit Malikovich va boshqa rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida, 2019/2020 o‘quv yiliga kirish imtihonlariga qanday tayyorgarlik ko‘rilgani haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha so‘nggi tayyorgarlik holati, jumladan, test sinovi o‘tkazilishi belgilangan binolar sonidagi o‘zgarishlar, kunlik test topshiradigan guruh va abituriyentlar soni, binolarni rejalashtirilgan texnik vositalar va qurilmalar bilan jihozlanganligi, sovutish tizimi, monitorlar o‘rnatilganligi, shuningdek, kutilayotgan natijalar, kelgusi yil rejalari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Undan tashqari, DTM rahbarlari tele va radiokanallar, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlarning savollariga javob berishdi, deyilgan xabarda.