Toshkent va Kaliningrad iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Kaliningrad savdo-sanoat palatasida "Kaliningrad viloyatining O‘zbekiston respublikasi bilan hamkorlik istiqbollari" mavzusida doira suhbati o‘tkazildi
Sputnik

TOShKENT, 27-iyul - Sputnik. O‘zbekistonning RF elchisi Botirjon Asadov Kaliningrad viloyatiga tashrifi davomida region rahbari Anton Alixanov bilan iqtisodiy sohada ikkiyoqlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV.

TIV fuqarolarga muhim ogohlantirish bilan chiqdi

"Uchrashuv davomida iqtisod, investitsiya va turizm sohalarining joriy holati hamda rivojlanish istiqbollari muhokama etilgan", - deyiladi vazirlik saytidagi xabarda.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, Alixanov ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda aloqalarni kuchaytirish foydalanilmagan salohiyat mavjud va O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tizimli raqishda import qilinishidan manfaatdorligini ta’kidlagan.

Shuningdek, viloyat savdo-sanoat palatasida "Kaliningrad viloyatining O‘zbekiston respublikasi bilan hamkorlik istiqbollari" mavzusida doira suhbati o‘tkazilib, unga respublika bilan hamkorlikdan manfaatdor bo‘lgan mahalliy firma va kompaniyalar rahbarlari taklif etilgan. Kaliningrad tadbirkorlarini joriy yil Sirdaryo, Jizzax va Namangan viloyatlarida o‘tkaziladigan investitsiya forumlariga taklif etishgan.

"Uchrashuv yakuni bo‘yicha "Vagontreyd plyus", "Sistemi neft i gaz Baltiya", "SPAR-Kaliningrad", "RAS", "Mik-avia" va boshqa kompaniyalar bilan dastlabki kelishuvlarga erishilgan, shuningdek, O‘zbekistonda hamkorlikda investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish bo‘yicha muhokamalar olib borilgan", - deyiladi xabarda.

Elchining Kaliningradga tashrifi davomida Kaliningrad viloyatida vaqtincha yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan sayyor qabul o‘tkazilib, o‘zbek diasporasi faollari bilan uchrashuv tashkil etilgan. Qabul davomida konsullik-huquqiy masalalar, shuningdek, konsullik uchotiga qo‘yish, pasport almashtirish va boshqa harakatlar haqida to‘liq ma’lumotlar taqdim etilgan.

Diplomatlar shuningdek, Kaliningraddagi chet el fuqarolari vaqtinchalik saqlanadigan markazda bo‘lib, muassasa rahbari hamda markazdagi O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashishgan.