TOShKENT, 27-iyul - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Samarqand va Jomboy tumanlari to‘rt sektor rahbarlarini ishdan oldi, deb xabar bermoqda "Zarafshon" gazetasi.
Xabarda aytilishicha, qator obyektlar, yangi loyihalar bilan tanishgan davlat rahbari kunning ikkinchi yarmida Samarqand tumanida viloyat, tuman, shahar sektor rahbarlari, viloyat faollari bilan yig‘ilish o‘tkazgan. Mazkur majlis ishtirokchilarining ma’lum qilishicha, Samarqand tumani hokimi Shuhrat Jamolov shuningdek, qolgan uch sektor boshliqlari ishdan olingan.
Shuningdek, majlis yakunlari bo‘yicha Jomboy tumani hokimi Umid Nazarov, uch sektor rahbarlari – tuman prokurori, ichki ishlar bo‘limi va soliq inspeksiyasi boshliqlari ham ishdan olingan.