Afg‘oniston hukumati toliblar bilan tez vaqtda muzokaralar boshlanishini e’lon qildi

Muzokaralar Yevropa poytaxtlarining birida kechishi ma’lum qilingan.
Sputnik

TOShKENT, 27-iyul - Sputnik. Afg‘onistonning tinchlik masalalari bo‘yicha vaziri Abdul Salam Rahimiy tez orada "Tolibon" radikal harakati a’zolari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlanishi haqida bayonot berdi. Bu haqda 1TV telekanali xabar bermoqda.

"Tolibon" O‘zbekistonda o‘tkaziladigan afg‘onlararo uchrashuvga taklif etilgani yo‘q

Xabarda aytilishicha, muzokaralar "yevropa poytaxtlarining birida kechadi". Rahimiy rasmiy Qobulni taqdim etuvchi 15 kishidan iborat muzokaralar guruhini shakllantirish bo‘yicha maslahatlashuvlar olib borilayotganini aytdi. 

Afg‘onistonda ikkita qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinchlik muzokaralarini o‘tkazish masalasi turli maydonlarda muhokama qilinmoqda. Xususan, Moskvada 9-noyabr kuni yopiq formatda Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi. Bu darajadagi xalqaro uchrashuvda Doxadagi toliblar harakati siyosiy ofisi delegatsiyasi ishtirok etdi. Afg‘onistondan bu anjumanda afg‘on hukumati va toliblar o‘rtasidagi vositachi - Oliy tinchlik kengashi qatnashgan edi.