Shavkat Mirziyoyev Samarqand aeroportini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Mirziyoyev Samarqand xalqaro aeroportining o‘zidayoq mazkur bandargohni rivojlantirishga oid loyiha bilan tanishdi.
Sputnik

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand xalqaro aeroportining o‘zidayoq mazkur bandargohni rivojlantirishga oid loyiha bilan tanishdi.

Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu yerda yana bir terminal qurish, uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish, samolyotlar turargohini kengaytirish, radiolokatsiya tizimlarini takomillashtirish rejalashtirilgan. Yangi aerovokzal esa barcha xalqaro talablarga javob beradigan, soatiga 600 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan bo‘ladi.

Davlat rahbari zamonaviy boshqaruvni joriy qilish, rekonstruksiya mobaynida esa poyezd va avtobuslar qatnovini ko‘paytirish, aholi va turistlarga muqobil qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Samarqanddagi 13ta obyektda bepul Wi-Fi zonalari tashkil etildi

Eslatib o‘ttamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, xalq hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqandga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.