Tokio Olimpiadasi medallarining taqdimoti o‘tkazildi

Medallarning dizayni sportda raqobatlashayotgan va jo‘shib ishlayotgan odamlarni ifodalaydi. Oltin medalning vazni 556 grammni tashkil etadi.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyul - Sputnik. Tokioda bo‘lib o‘tgan tadbirda Olimpiada-2020  medallarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ xabar qildi.

Medallar bir qarashda sayqallanib nur taratayotgan toshlarni eslatadi.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, ularning dizayni sportda raqobatlashayotgan va jo‘shib ishlayotgan odamlarni ifodalaydi. Taralayotgan nur esa bir-birlarining qo‘llarini ushlab turgan butun dunyo odamlari va ularda aks etgan iliq do‘stlikni anglatadi.

Tokio Olimpiadasi medallarining taqdimoti o‘tkazildi

Medallar diametri: 85 mm.

Vazni: 556 gramm (oltin), 550 gramm (kumush) va 450 gramm (bronza)

Tarkibi: oltin medal sof oltindan emas. Uni tayyorlash uchun kumush medalning ustiga 6 gramm oltin eritmasi quyiladi. Kumush medali sof kumushdan, bronza esa mis va rux moddalarining qo‘shilmasidan tayyorlanadi.

Medallar dizayneri Junichi Kavanishi.

Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiadasi 2020-yil 24-iyuldan 9-avgustgacha bo‘lib o‘tadi.