TOShKENT, 25-iyul – Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov qo‘riqchilikka olti yoshli Muhammad-Emi Gaziyevni ishga oldi.
Bolaning ota-onasi farzandi Checheniston rahbariga qo‘riqchilik qilish istagi haqida bayon etilgan videoni tarmoqqa joylashtirdi. Bu videoni ko‘rgan Qodirov bolaning orzusini amalga oshirishga qaror qildi.
"Bugundan boshlab hech narsadan xavotir olmasam bo‘ladi. Menda dunyoda tengi yo‘q professional-qo‘riqchi paydo bo‘ldi”, - deb yozdi Qodirov o‘zining Instagram sahifasida.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, bola qo‘rqmas, qat’iy va jazoratga to‘la.
“U men uchun tog‘ bo‘lib turish va har qanday hujumni qaytarishga tayyor”, - dedi Qodirov.
Gaziyevga formali kiyim bosh berildi, o‘yinchoq qurol esa bolalar do‘konida sotib olindi. Bolakayga Axmed Dudayev kurator etib tayinlandi.
Qodirov bolaga “katta, kuchli, haqiqiy vatanparvar va vatan himoyachisi” bo‘lib yetishishini tiladi.