Ozarbayjonga tegishli bo‘lgan harbiy samolyot halokatga uchradi

Kaspiy dengiziga Mig-29 harbiy samolyoti quladi.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyul – Sputnik. Ozarbayjon Qurolli Kuchlariga tegishli MiG-29 samolyoti Kaspiy dengiziga quladi, deb xabar qildi Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Rossiya harbiylari ikkita eng zamonaviy MiG-35 qiruvchini qabul qilishdi

Baxtsiz hodisa kecha, 24-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:00 da sodir bo‘ldi.

Ozarbayjon Harbiy havo kuchlariga qarashli bo‘lgan samolyot Kaspiy dengizi ustida mashq qilayotgan bo‘lgan va kutilmaganda radarda ko‘rinmay qolgan.

Samolyotning halokatga uchrab, dengizga qulashi versiyasi dastlabki taxmin sifatida ko‘rilyapti.

Ayni vaqtda qulagan samolyotning uchuvchisini qidirish ishlari olib borilmoqda.

MiG-29 samolyoti qulashi holati yuzasidan Ozarbayjon harbiy prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.